
Markaziy Osiyo yoshlar forumining 2-plenar sessiyasi “Markaziy Osiyo hududida madaniy hamkorlik” mavzusida o‘tkazildi. Sessiyada so‘zga chiqqan O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov quyidagilarni ta’kidladi:
– Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar siyosati muhim yo‘nalish sifatida belgilangani bejiz emas. Zero, yoshlar – davlat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shuvchi aholining katta qismi sanaladi.
Biz – san’atkorlar yurtimiz madaniyatini dunyoga tanitish, tinchlik g‘oyasini ilgari surish maqsadida atoqli shoirimiz Erkin Vohidov qalamiga mansub “Inson qasidasi” she’ri asosida chet tillarida qo‘shiq yaratishni niyat qildik.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Yosh ijodkorlar o‘rtasida tashkillashtirilgan sport o‘yinlari shular jumlasidandir. Boshqa qo‘shni mamlakatlar bilan ham madaniyat sohasidagi aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar