O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 22 iyul kuni Namangan shahrida, 23 iyul kuni Bekobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari qoldirilgan edi. Konsert dasturlarining qoldirilish sabablari haqida Yulduz Usmonovaning prodyuseri Mansur Agaliyev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.
Yulduz Usmonovaning butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan gastrol konsert dasturlari a’lo darajada davom etayotgan edi. Ammo Surxondaryo viloyati hamda Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan konsert dasturlari vaqtida havo juda ham isib ketishi natijasida noxush voqealar yuz berdi.
Ayniqsa Farg‘ona viloyatida havoning nihoyatda issiqligi sabab, konsert vaqtida 10 ga yaqin muxlis hushidan ketib qoldi. Shunday ko‘ngilsizliklar takrorlanishining oldini olish maqsadida 22 iyul kuni Namangan shahrida, 23 iyul kuni Bekobod shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertlarni boshqa kunlarga qoldirildi.
Namangan viloyati «Navbahor» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturiga 10 mingdan ortiq bilet sotilgan ekan, ko‘pchilik biletga kuyib qoldim deya noto‘g‘ri tushunchaga bormoqda. Biz qoldirilgan konsert dasturlari o‘rniga 2 sentyabr kuni Namangan viloyati «Navbahor» stadionida, 3 sentyabr kuni Bekobod tumanidagi «Metallurg» stadionida konsert taqdim etamiz. Ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi