Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Shu yilning 28 avgust kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida hozirgi paytda Amerika Qoʻshma Shtatlarida istiqomat qiladigan Oʻzbekiston xalq artistlari Izro Malakov va Muhabbat Shamayeva konsert beradi. Bundan tashqari, xalq artistlari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida ilk bor oʻtkaziladigan Xalqaro maqom sanʼati anjumanida ishtirok etadi.
Bugun ushbu sanʼatkorlar yurtimizga yetib keldi. Fursatdan foydalanib, ulardan eksklyuziv intervyu oldik. Muhabbat Shamayeva ham oʻzbek sanʼati haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Muhabbat SHAMAYEVA, Oʻzbekiston xalq artisti:
— Yana bir bor Vatanimda ekanligimdan behad hayajonlanib, xursand boʻlib turibman. Ona-yurtingning tuprogʻi isi boshqa joydan topilmaydi.
Vatanimiz sahnasida kuylash — katta baxt. Konsert dasturimizga “okean orti”dan yuzlab mehmonlar ham tashrif buyuryapti.
Sanʼat — mening hayotim. Uningsiz oʻtgan hayotimni ham, kelajagimni ham tasavvur qila olmayman. Oʻzbekistonda tugʻilib, oʻsdik. Sanʼatning sirli olamiga qadam qoʻydik. Yuzlab ashulalarimiz oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼatining oltin fondidan joy oldi. Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlarida gastrol safarlarida boʻlganman. U yerlardagi oʻzbeklar hozirgi kunda ham “Koʻchalar”, “Oʻrik gullaganda”ni kuylab berishimni soʻrashadi.
AQSHda ham “Maqom” degan kichik ansambl tuzganmiz. Turli kechalar, festivallar va bayramlarda ishtirok etamiz. Oʻzbek xalqining sanʼatini, madaniyatini, urf-odatlarini targʻib qilamiz.
“Turkiston” saroyidagi konsert dasturimizga vatandoshlarimizning qiziqishi yuqoriligidan boshim koʻkka yetdi. Axir sanʼatni qadrlagan xalq tinchlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, maʼnaviy komillik yoʻlida jipslashadi. Uning badiiy didi oʻtkir, estetik saviyasi yuksak boʻladi.
Konsertimizda Sherali Joʻrayev, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Turdiyeva kabi xalqimiz ardogʻidagi sanʼatkorlarning ham ishtirok etishi uning nufuzini, ommabopligini oshirishiga ishonaman.
Shahrisabz shahrida ilk bor oʻtkaziladigan Xalqaro maqom sanʼati anjumanida ham qatnashishimiz bizga katta mamnunlik, yuksak gʻurur-iftixor bagʻishlaydi. Zero, mazkur anjuman mumtoz merosimizni asrab-avaylash, uni yoshlarga bezavol yetkazishda, xorijliklar uchun esa milliy musiqa sanʼati yutuqlarini, anʼanalarini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Xalq soʻzi” muxbiri Dilshod KARIMOV yozib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?