
Isteʼdodli xonanda Ulugʻbek Rahmatullayev 1982 yilning 29 yanvarida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Hali bogʻchaga borib yurgan payitlaridanoq bogʻchadagi musiqa guruhining sardori boʻlgan. 1989 yil Toshkent shahrining Yunusobot tumanidagi 265-oʻrta maktabda tahsil olishni boshlaydi.
3-sinfdan esa Nazarbek tumanidagi maktablarning birida oʻqishni davom ettiradi. Oʻquvchilik paytlaridanoq musiqaga qattiq mehr qoʻyadi va musiqa darslaridan hamisha aʼlo baholar oladi. Xonanda 1999 yil Sharqshunoslik institutining tarix fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi.
Ulugʻbekning birinchi qoʻshigʻi 2000 yil yaratilgan boʻlib, qoʻshiq nomi “Bu alam” deb nomlangan. Shundan soʻng koʻplab qoʻshiq va albomlarini muxlislar eʼtiboriga havola etib kelmoqda. Xonanda 2007 yil “Nihol” mukofoti sovrindori, va yana xuddi shu yili “Yilning eng yaxshi xonandasi” va «Yilning eng yaxshi klipi nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan.
“Eʼtirof 2014” da “Yilning eng yaxshi xonandasi” nominatsiyasini qoʻlga kiritadi. Xozirda ijodkor oʻz muxlislariga yangidan-yangi qoʻshiq va kliplar yaratish bilan band.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar