
Bollivud yulduzi, koʻplab xind filmlari orqali bizga qadrdon boʻlib qolgan Jon Abraxam 1972 yil 17 dekabrda Mumbayda dunyoga kelgan. Aslida aktyorning haqiqiy ismi Farxam Abraxamdir. Boʻlajak aktyor avvaliga reklama agentligida model sifatida koʻzga koʻrina boshlaydi va xuddi shu paytning oʻzida sportning bodibilding turi boʻyicha murabbiy boʻlib ham ishlaydi.
Uning ilk suratga tushgan filmi “Jism” boʻlib, ushbu kinoda u oʻz rolini muvaqqiyatli ijro etgan. U bosh qahramon obrazini yaratgan “Water” filmi “Oskar 2006” taqdimotida birinchi beshtalikka kiritilgan. Mashhur kino kompaniyalardan biri Jon Abraxam bilan 6 ta film ustida 220 millionlik shartnoma tuzadi.
Aktyorning hindcha talaffuzidagi kamchiliklari sabab u yaratgan qahramonlarga dublyajda boshqa aktyorlar ovoz berishardi. Hozirda esa u hindcha talaffuzi ustida astoydil ishlab oʻzi yaratgan rollar uchun oʻzi ovoz berishni boshlagan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing