
Oʻzining koʻplab mazmunli qoʻshiqlari hamda shirali ovozi bilan barchamizga yaxshi tanish boʻlgan Sevara Nazarxon 1976 yil 23 dekabrda Andijon viloyatida tavallud topgan. U oʻzining shou biznesdagi ilk faoliyatini taniqli prodyuser va musiqachi Mansur Toshmatovning guruhida boshlagan.
Sevara Nazarxon oʻz ijodiy faoliyati davomida koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan u: 2000 yilning sentabr oyida “Nihol” mukofoti sovrindori, 2004 yilda BBS radio 3 tomonidan taqdim etilgan “Osiyolik eng yaxshi qoʻshiqchi”, 2002 yilda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” unvoniga sazovor boʻlgan.
Hozirda u oʻz oilasi bilan Angliyaning London shahrida istiqomat qiladi. Ijodiy faoliyati sabab London, Moskva, Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnab turadi. Asosan bahor va kuz fasllarini Toshkentda oʻtkazadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar