Foto:«O‘zbekkonsert»
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonanda Shahlo Ahmedovaning litsenziyasini olib qo‘ydi. Bunga uning sharqona odob-ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etilgan «Letniye dojdi» deb nomlangan qo‘shig‘i videoklipi ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilayotganligi aniqlangani sabab bo‘lgan. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar qildi.
«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Ahmedova Shaxlo Baxtiyor qiziga 2017 yil 11 iyuldagi MR-02-son buyrug‘iga asosan berilgan AA-seriya, №0064-son litsenziyasi joriy yilning 13 noyabr kunidan tugatilganligini ma’lum qilamiz» deyiladi xabar matnida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat