12:22 / 04.12.2018
5 020

«Scorpion» filmi rekord darajada tomoshabin yig‘di

«Scorpion» filmi rekord darajada tomoshabin yig‘di
Foto: «Afisha.uz»
1 dekabrdan poytaxtimiz kinoteatrlarida «Scorpion» trillerining namoyishi boshlangan edi. Ilk dam olish kunlarida kartinani tomosha qilish uchun kinoteatrlarga 15 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Boshqa filmlar namoyishiga keladigan tomoshabinlar soni bilan taqqoslanganda, bu ko‘rsatkich 15-20 barobarga ko‘p.

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi ma’muriyatining ma’lum qilinishicha, kino ixlosmandlarining talabidan kelib chiqqan holda deyarli barcha kinozallarda besh smenada ham «Scorpion» filmi namoyish etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Muxlisa Azizova rejissyorligida tasvirga olingan «Scorpion» trilleri 27 noyabr kuni IV PROlogue xalqaro kinofestivalining ochilishida gala-premera qilingan edi.

Triller Toshkent, Buxoro, Sankt-Peterburg va Marokashda suratga olingan. Filmda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiyev, Yulduz Rajabova, Ra’no Shodiyeva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etdi. Shuningdek, rollarda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik Vyacheslav Razbegayev ham rol ijro etgan.

Film ssenariysi muallifi Bob Andervud (AQSh), kartina operatori Maks Sui (Germaniya). Ovoz ustida ishlash jarayoni «Mosfilm» kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan. Rang-tasvir esa Moskvaning «Color Kitchen» kompaniyasi hamkorligida olib borilgan. Filmning ovoz dizayni ustida amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua ishlagan.

Kartina tizeri bir kun ichida bir million martadan ortiq tomosha qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Scorpion» filmi rekord darajada tomoshabin yig‘di