
20 dekabr kuni soat 19:00 da “Xalqlar do‘stligi” saroyida “Yil qo‘shig‘i. Mavsum xitlari” tanlovining g‘oliblari aniqlanadi. Bu haqida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Toshkent shahar bo‘limi xabar berdi.
G‘oliblarni aniqlash bo‘yicha guruh tuzilgan. Hozir telekanal va radiokanallar taqdim etgan nomzodlar saralanmoqda. Guruh tarkibiga san’atshunoslar, televideniye va radioda ishlovchi, musiqiy savodi bor insonlar chaqirilgan. G‘oliblarni aniqlashda qo‘shiqning yil davomida ommalashganlik darajasi, badiiy-g‘oyaviy mukammalligi, matni va klipning saviyasi kabi jihatlar o‘rganiladi.
“Yil qo‘shig‘i. Mavsum xitlari” tanlovi har yili o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar