date
views 8 597

“U xudoni bergan ne’mati edi” – Yulduz Usmonova Obid Asomovni g‘iybat qilganlar haqida gapirdi (video)

“U xudoni bergan ne’mati edi” – Yulduz Usmonova Obid Asomovni g‘iybat qilganlar haqida gapirdi (video)
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ishtirokidagi videointervyu tarqaldi. Unda Yu. Usmonova marhum qiziqchi Obid Asomovni g‘iybat qilganlar haqida kuyinib gapiradi.

“Nima uchun (Obid Asomovni) eslayverasan deysizlar? Sizlarga xizmatni kam qildimi? U Obidjon bo‘lib dunyoga keldi. U xudoni bergan ne’mati edi. Ey musulmonlar, Sizlar Ollohni tanisangiz, internet boshida o‘tirib yozayotganlar, mening savolimga javob beringlar, shunchchalik Ollohdan ustunmisizlar? Shunchalik o‘limni tan olmay yashaysizlarmi? Sizlar o‘lmaysizlarmi? Men shunga hayron qolaman. O‘lganning ham ketidan bemalol gapirilyapti. Shu bola (Obid Asomov) nima yomonlik qildi?” - deydi Yu. Usmonova.

Shuningdek, Xalq artisti o‘zining hamkasblari orasida ham Obid Asomovni g‘iybat qilganlar bor ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov 2018 14 dekabr kuni 55 yoshida o‘tkir infarkt xastaligidan vafot etgan edi.

Quyida videolavhani havola etamiz: VIDEO
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “U xudoni bergan ne’mati edi” – Yulduz Usmonova Obid Asomovni g‘iybat qilganlar haqida gapirdi (video)
-->