date
views 12 380

Munisa Rizayevaning yangi yil shousidan yoqimli lavhalar (foto)

Munisa Rizayevaning yangi yil shousidan yoqimli lavhalar (foto)
«Navro‘z» restoranida bayram dasturxoni atrofida Munisa Rizayeva ashaddiy muxlislari uchun haqiqiy yangi yil sovg‘asini taqdim etdi.

Dastur 5 blokni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda xonanda 5 xil obrazda namoyon bo‘ldi. Har bir obraz rang-barangligi va takrorlanmasligi bilan ajralib turdi. Xonandaning birinchi obrazi O‘rmon malikasi deb atalgan bo‘lib, liboslar, raqslar va qo‘shiqlar ham uyg‘unlikda tayyorlangan.


Ikkinchi blokdagi obrazi esa sharqona. Liboslar, imidjdan anglash mumkinki, u ertaklar malikasi Shahrizodani aks ettirgan. Sahnaga tashrif ham o‘zgacha bo‘ldi. Xuddi ertaklardagidek taxtda olib chiqildi. Bu qismdagi raqslar muxlislarni jonlantirib yubordi.



Uchinchi qism oldidan «Shod» guruhi tashrif buyurdi va barcha sog‘ingan taronalari bilan yangi yil tabrigini yo‘llashdi.

Navbatdagi qismda esa Munisani avvaliga hech kim tanimadi. Sharqona obrazdan keyin u Ledi Gaga stilidagi qor malikasi obrazida namoyon bo‘ldi. Soch turmaklari, ranglari, liboslar muxlislarni shoshirib qo‘ydi. Uning raqslarini ko‘rib, tomoshabinlar sahna atrofini o‘rab olishdi. Birga kuylash, raqsga tushish, zavqlanish onlari boshlandi. Sahnaning o‘zida libosiga o‘zgartirish kiritdi va raqsbop taronalarni kuylashda davom etdi. U mazkur blokda hamkasbi Ulug‘bek Rahmatullayev bilan duet taronani ijro etdi.




To‘rtinchi qismda esa Getsbi obrazida namoyon bo‘ldi: Kare soch turmagi, uslubga mos libos, qora soch! Muxlislar hayrati har soniyada oshib bordi. Raqslar ham tanlangan uslubga monand!



Beshinchi obraz esa disko obrazi bo‘ldi. Bunda ham soch rangi, ham turmagi, liboslar jahon estradasi bilan hamnafas. Taronalar ketma ketligi ham yevropaning mashhur xonandalarining eng sara xitlaridan iborat bo‘ldi.


Konsert davomida Munisa Rizayeva «Ketgin yiroqlarga», «Chujezemets», «Sensiz», «Aybim sevganim», «Qop qora», «Sehrlab», «Yonar», «Lol qolaman», «Yomg‘ir», «Ovuna», «Manbop», «Bo‘m bo‘m», «O‘zingni aya», «Dale dale», «Alamim bor», «Xafa xafa», «Gollivud», «Sekin-asta» qo‘shiqlarini ijro qildi.
Konsertga Qorbobo va Qorqiz ham tashrif buyurdi. Ular muxlislar bilan sovrinli tanlovlar o‘tkazishdi.


Raqslarni «Reginight show» raqs guruhi ijro qildi. Obrazlar esa Hilola Sher bilan hamkorlikda yaratildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayevaning yangi yil shousidan yoqimli lavhalar (foto)