
Gollivud yulduzi, sohibjamol Anjelina Joli AQSh prezidenti bo‘lishga qarshi emasday. Bu haqda «Xabar» nashri yozmoqda.
«BBC» muxbirining: «Amerika prezidenti bo‘lishga tobingiz qalay?» mazmunidagi savoliga u shunday javob berdi: «Agar 20 yil avval shu haqda so‘raganingizda, ishoning, kulgan bo‘lar edim. Hozir esa... qayerda kerak bo‘lsam, biling, men o‘sha joyda hozirman!».
Kinodagi betakror obrazlaridan tashqari yetimparvar ayol sifatida nom qozongan Joli BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha maxsus elchisi ham hisoblanadi. Shu bois Qo‘shma Shtatlarning amaldagi rahbari Donald Trampning migrantlar bo‘yicha chiqargan farmonini qattiq tanqid ostiga olgan edi.
Darvoqe, suhbat jarayonida Joli lutflardan taltayib ketmadi, aksincha, o‘zini ancha bosiq tutdi. Masalan, «Demokratlar tomonidan nomzodingiz qo‘yilsa, muvaffaqiyat qozonishingiz mumkin», mazmunidagi savolga qisqa javob berish bilan tiyildi: «Rahmat!». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar