14:43 / 21.01.2019
5 748

Muvaffaqiyatning qiymati haqidagi mashhur filmlar

Muvaffaqiyatning qiymati haqidagi mashhur filmlar
Shunday filmlar yaratilganki, ularda muvaffaqiyatga erishish uchun qanday qurbonliklar keltirilishi hikoya qilinadi, deb xabar qilmoqda Darakchi nashri.

“Yulduz tug‘ildi”
Mashhur kantri-xonanda boshlovchi qo‘shiqchi qizni sevib qolib, uni mashhurlikka erishishiga yordam beradi, ammo o‘zi mashhurlikni qo‘ldan boy beradi.

“Yuqoriga”
Film 1972 yilgi Olimpiya o‘yinlariga asoslangan. Film davomida sobiq Ittifoqning basketbol bo‘yicha terma jamoa murabbiyi jamoa g‘olib bo‘lishi uchun nelarga rozi bo‘lgani hikoya qilinadi.

“Ijtimoiy tarmoq”
Mark Sukerberg Feysbukni yaratishi mobaynida yuzlab do‘stlarini yo‘qotishi haqidagi drama.

“La-La Lend”
Mashhur aktrisa bo‘lishni orzu qilgan Mia va o‘z klubini ochishni istagan Sebastyan bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Bir kun kelib ular orzulariga ham erishishadi. Ammo birgalikda emas.

“Baxt izlab”
Uill Smit ushbu kartinada multimilloner Kris Gardnerning qanday qilib shuhrat shohsupasiga chiqishini ekranlashtirgan. Kris qo‘lida bolasi bilan ko‘chada qoladi, hatto unga rafiqasi ham vafodor bo‘lolmaydi. Ammo Kris farzandi uchun har nega tayyor turadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Muvaffaqiyatning qiymati haqidagi mashhur filmlar