
Oʻzbekistonlik Sayyora (Sayyora) Rossiyaning TNT telekanali tomonidan tashkil etilgan “Pesni” teleshousining ikkinchi mavsumida saralash bosqichidan oʻtdi.
Oʻzbekistonlik yosh xonanda oʻzi ijod qilgan “Begu k tebe” qoʻshigʻini ijro etib, barchani oʻziga maftun ayladi.
Haqiqiy ijodkor sifatida Sayyora depressiyani boshdan kechirgan. Uni 12 yil davomida hech narsa yangi qoʻshiq yaratishga ilhomlantirmagan. Sayyora Nyu York metrosidagi musiqachilardan ilhomlangan va endilikda “Pesni” loyihasida oʻz iqtidorini namoyon qilmoqchi.
Eslatib oʻtamiz, TNTning “Pesni” shousi birinchi mavsumida oʻzbekistonlik Oleg Ternovoy (Terry) gʻolib boʻlgan edi. Terry 5 million rubl va Black Star leybli bilan shartnoma imzolashni qoʻlga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar