13:37 / 19.05.2019
3 878

Kann xalqaro kinofestivalida o‘zbek filmlari namoyishi bo‘lib o‘tdi

Kann xalqaro kinofestivalida o‘zbek filmlari namoyishi bo‘lib o‘tdi
Avval xabar berganimizdek, Fransiyaning Kann shahrida bo‘lib o‘tayotgan 72-Xalqaro kinofestivalda “Respublika kinoprokat markazi” hamda “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tashkillashtirilgan o‘zbek kino filmlari stendi “ Marche du Film” kinobozorida 50 ta turli janr va uslubdagi badiiy, hujjatli hamda animatsion filmlarni taqdim etmoqda.

Kecha kino bozor ishtirokchilari uchun kinorejissyor Abduvohid G‘aniyevning “Elparvar”(prodyuser Zafar Yo‘ldoshev) filmining maxsus taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Respublika kinoprokat markazi” bu yil 72-xalqaro Kann kino festivalining“ Marche du Film” kinobozorida ilk bora ishtirok etayotgani va bu sohada hali yangi ekanligiga qaramasdan, 17 mayga rejalashtirilgan “Elparvar” filmining maxsus namoyishi kutilganidan-da yaxshi o‘tdi.

Avvalo kinobozorda tashkil etilgan stend, unda taqdim etilgan kartinalar kinotadbirkorlarning e’tiborini torta oldi. Tomoshabinlar orasida nemis, fransuz, turk, hind va koreyaliklarni ko‘rish mumkin edi.

Eronlik kinorejissyor, 2015 yilda o‘zining “Utopiya” filmi bilan Kann xalqaro kinofestivali nomzodi bo‘lgan Hasan Nazir “Elparvar” filmi haqida jumladan quyidagilarni gapirdi: “Elparvar” filmini o‘zining betakror lokatsiyalari, aktyorlik ijrosi bilan meni hayratga soldi. Kartina kattagina ijodiy guruhning yaxshi kino qilish yo‘lidagi intilishlaridan darak berib turibdi”.

Estoniyalik prodyuser Tatyana Muxlbayer: “Elparvar, o‘zbek kinosining yangi davri boshlanganidan xabar beruvchi film. Endi bu xabarlar katta voqealarga sabab bo‘lishi kerak. O‘sha kunlar ham uzoq bo‘lmasa kerak”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kann xalqaro kinofestivalida o‘zbek filmlari namoyishi bo‘lib o‘tdi