
25 may kuni yurtimizning muhtasham saroylaridan bo‘lgan "Xalqlar do‘stligi" saroyi bitiruvchi yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. "Mening yurtim" telekanali 2019 yil bitiruvchilari uchun bir umrlik unutilmas tuhfa - konsert dasturi tayyorladi.

Kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lib o‘tgan dasturda o‘zbek estradasi xonandalari bilan bir sahnada rossiyalik estrada xonandasi MakSim ham yurtimiz yoshlariga katta hayot ostonasida omad va baxt tiladi.

Shou dasturga My5 teleboshlovchilari ham o‘z chiqishlari bilan fayz bag‘ishlashdi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, konsert dasturi tez kunlarda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.



“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.