Foto:«O‘zbekkino»
AQShlik mashhur prodyuser Lourens Alan Kasanoff O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi a’zolari hamrohligida Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarini o‘zining navbatdagi filmi uchun lokatsiyalar tanlash maqsadida ko‘zdan kechirdi.
Yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik natijasida O‘zbekistonda Gollivud blokbasterining bir qismini suratga olish ishlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi AQSh kinoijodkorlarining yurtimizda mazkur filmni tasvirga olishini tashkil qilish va AQShdan kelgan kinoijodkorlarga tasvirga olish jarayoni davomida to‘liq ko‘mak ko‘rsatish masalasida kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, Lourens Kasanoff «Mortal Combat» franshizasi asoschisi, «Terminator», «Lego-yulduzlar jangi» kabi filmlar prodyuseri hisoblanib, «Terminator 2: Judgment Day» (Terminator 2: Qiyomat kuni) kartinasi uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan. U Arnold Shvarsenegger bosh qahramon rolini ijro etgan va Jeyms Kemeron rejissyorlik qilgan «True Lies» (Chin yolg‘onlar) filmida ijrochi prodyuser vazifasini bajargan.
Lourens Kasanoff 1990 yil kinorejisser Jeyms Kemeron bilan birgalikda «Lightstorm Entertainment» kinokompaniyasiga asos soladi. Ushbu kinokompaniya shu kungacha «Titanik», «Avatar» singari filmlar prodyuserligi bilan shug‘ullangan. Lourens 200 ortiq filmlar yaratilishda ishtirok etib, kinobiznesda milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi kinoturizmni rivojlantirish, xorijiy kinokompaniyalar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni tasvirga olish ishlarida qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat kinolokatsiyasini xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880-son qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» milliy agentligi va kinematografiyani rivojlantirish markazi tizimida tashkil qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi