07:47 / 11.07.2019
10 696

Yana bir o‘zbekistonlik qiz Miss International go‘zallik tanlovida qatnashadi (foto, video)

Yana bir o‘zbekistonlik qiz Miss International go‘zallik tanlovida qatnashadi (foto, video)
Yana bir o‘zbekistonlik qiz — ayni paytda Chexiyada istiqomat qiluvchi Tamila Xo‘jayeva Miss International xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda «Daryo». Uning final bosqichi 12 noyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadi.

Foto: «Nuz.uz»

U Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tahsil olgan. So‘ng Praga moliya va boshqaruv universitetida o‘qishini davom ettirgan.

Foto: «Nuz.uz»

Tasodifan professional fotosuratchilar e’tiboriga tushgach, modellik dunyosiga kirib kelgan.

Foto: «Nuz.uz»

Shu yilning fevralida Tamila Miss Global International go‘zallik tanlovida qatnashib, 2-o‘rinni egalladi.

Foto: «Nuz.uz»

Shundan keyin u Markaziy Osiyo bo‘yicha xalqaro tanlovlar franshizasi egasi USN International Management assotsiatsiyasi milliy direktori e’tiboriga tushdi, unga Miss International xalqaro tanlovida qatnashish taklifini berishdi.

Foto: «Nuz.uz»
O‘zbekistonda xalqaro go‘zallik tanlovlarining oraliq bosqichi, milliy tanlov o‘tkazilmasligi bois, nomzod bo‘yicha qaror qabul qilish huquqi Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha milliy direktorga tegishli bo‘ladi.

Avvalroq 20 yoshli Nigina Faxriddinova Miss Intercontinental Uzbekistan 2019 unvoni sohibiga aylangani va birinchi marta tanlov finalida mamlakat nomidan ishtirok etishi xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yana bir o‘zbekistonlik qiz Miss International go‘zallik tanlovida qatnashadi (foto, video)