3 587
Amerikalik kinoijodkorlar O‘zbekiston haqida “Taxtlar o‘yini” qabilida tarixiy serial suratga oladi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi Behruz Hamzayev amerikalik kinoijodkorlar O‘zbekiston haqida qiziqarligi bo‘yicha “Taxtlar o‘yini” serialidan ham o‘tadigan serial suratga olishlarini ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Hamzayevning aytishicha, bu real voqealarga asoslangan o‘zbekcha “Taxtlar o‘yini” bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, tomonlar Netflix kompaniyasi bilan serialning rotaatsiyasi haqida kelishuvga erishishgan.
Serial 10 seriyadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimiz tarixining 12-14-asrlariga oid voqealar haqida so‘zlanadi.
Serial tarixiy bo‘lgani sababli o‘zbekistonlik temuriyshunos olimlar uning ustidan muallliflik nazoratini olib borishadi.
Ta’kidlash joizki, AQShning Jacob + Katie Schwarz ijodiy guruhi ushbu serialni suratga olishga 3 oydan beri tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kompaniya filmni yaratishning barcha bosqichlarini o‘z zimmasiga olgan, biroq hozircha serialda birorta o‘zbek aktyori ishtirok etishi ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?