07:40 / 11.10.2019
5 347

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yangi film olinadi

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yangi film olinadi
O‘zbek xalqining buyuk farzandi, shoir va tarixchi Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ko‘plab asarlar yaratilgan. Uning shaxsiyati barchaga o‘rnak bo‘ladigan darajada, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zi aytganidek, Tangrining inoyati ila 12 yoshida podshoh bo‘ladi va umrining oxirigacha, ya’ni 35 yil yurt boshqarish dardida yashab o‘tadi.

Yosh rejissyor Bobur Sher o‘g‘li O‘zbekkino milliy agentligi buyurtmasi asosida “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” nomli filmni suratga olishga kirishdi. Uning aytishicha, oktyabr oyi oxirlarida suratga olinadigan mazkur asar Z.M.Boburning tug‘ilishigacha bo‘lgan voqealarni qamrab oladi.

Yangi film haqida yosh rejissyor bizga quyidagilarni gapirib berdi:
Bobur Mirzo bobomizga qiziqishim tug‘ilgan kunimdan boshlangan desam ham to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Chunki padari buzrukvorim menga yaxshi niyatlar ila buyuk bobomizning ismini qo‘yganlar. Bolaligimdan Bobur Mirzo haqidagi asarlarni sevib o‘qir edim. Kunlarning birida qo‘limga Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asari tushib qoldi. Mazkur kitobda “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” degan ajoyib hikoya bor ekan. Shu hikoya asosida senariy yozib, “O‘zbekino” milliy agentligi badiiy kengashiga havola etdim.

Ularga ma’qul kelib, kinoni suratga olish uchun mablag‘ ajratishdi. Bilasiz, Bobur Mirzoning tavalludiga oid ko‘plab rivoyatlar bor. O‘ylashimcha, bir suratga oladigan asar ham tomoshabinlarga manzur bo‘ladi. Hozirda aktyorlar ansanbili deyarli shakllanib bo‘lgan. Tasvirga olish ishlari yakunlanib, montaj qilingach, yurtdoshlarimiz e’tiboriga havola etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yangi film olinadi