date
views 4 866

Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat

Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat
Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal, deyishadi. Biroq ba’zi fotosuratlar shu qadar hayrat uyg‘otadiki, ko‘z oldingizda turgan bo‘lsa ham bir qancha savollar tug‘dira oladi. Shuningdek, XIX asrga oid suratlarga nisbatan uyg‘onuvchi ilk savollardan biri ham «Bu fotoshopmi?» iborasidir.

Hozirgi kun internet jamoatchiligi ikki oqimga bo‘lingan: bir tomon fotoshopni o‘zini hurmat qiluvchi fotografga yarashmaydigan instrument deb hisoblasa, boshqalar esa fotomuharrirlar zamonaviy imkoniyatlardan ham foydalanishlari mumkinligi va bunda hech qanday uyatli narsa yo‘qligini ta’kidlaydilar.

Nima bo‘lganda ham, kundan kunga ko‘proq fotograflar o‘z tasvirlarini tahrir qilishga intilmoqda. Axir bugungi kundagi kamera va dasturiy ta’minotlar qo‘llashga yanada oson va hammabop bo‘lib bormoqda, demakki avvaldanoq tahrirga muhtoj bo‘lmagan tarzda iqtidor ko‘rsatilgan va ajablanarli chiqqan suratlar borgan sari noyob va qadrli deb e’tirof etilmoqda.

Quyidagi to‘plam ham shu haqda: ushbu fototasvirlar hayratga sabab bo‘lgan va kishida fototahrirsiz bunday suratga erishish imkoni bormi degan ikkilanish paydo bo‘ladi. Ammo ishoning, quyidagilarning hech biriga qo‘shimcha effektlar ishlatilmagan.








Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat