
Foto: Videodan kadr
Disney kompaniyasi Niki Karo rejissyorligidagi «Mulan» filmi treylerini e’lon qildi.
Shu nomdagi 1998 yil multfilmidagi kabi, bosh qahramoni bo‘lmish qiz armiyaga qabul qilishlari va Xitoyga shimoldan hujum qilayotgan bosqinchilarga qarshi turish uchun o‘zini erkak qilib ko‘rsatadi.
Natijada u mamlakatdagi eng kuchli jangchilardan biriga aylanadi. Voqea Xua Mulan — jangari-ayol haqidagi o‘rta asrlardagi Xitoy balladasiga asoslangan. Uni xitoylik aktrisa Lyu Ifey ijro etgan.
Treylerga ko‘ra, filmda multfilmdagi kabi qahramon qizning do‘sti bo‘lgan gapiruvchi ajdar Mushu bo‘lmaydi. Disney kompaniyasidagi anonim manbalar bu haqda yozdayoq ma’lum qilgandi. Ularning aytishicha, uning o‘rnini afsonaviy qaqnus qushi (feniks) bosadi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, filmda qo‘shiqlar bo‘lmaydi, ularning o‘rnini cholg‘u musiqasi egallaydi. Bundan tashqari, syujetda yangi qahramon — «Geysha memuari» yulduzi bo‘lgan Gun Li ijrosidagi jodugar Sian Lang paydo bo‘ladi.
Quyida filmning rus tilidagi treyleri keltirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar