
Filipp aka, to‘g‘ri biz ham ja zamondan orqada qolmaganmiz, lekin ja o‘tib ketishni ham xohlamaymiz.
Hamma narsada me’yor bo‘lgani yaxshi.
Konsert berishingizga ham qarshiligimiz yo‘q. Konsertingizga tushganlarni va uni tomosha qilganlarni ham qoralash niyatim yo‘q. Faqat shu o‘zbeklarniyam mintaliteti, qadriyatlari bordir deb anuv qizlar o‘rgurlarning kiyimini ko‘p emas bir-ikki santimetrga uzunroq qilib kiyishni maslahat bermaganingiz chatoq bo‘pti.
Cho‘milish kiyimi bilan sahna kiyimining saaaal farqi bo‘sada. Endi sizlar kiygan to‘g‘ri kelgan narsani kiyim ekan, deb qabul qilay desam hech bo‘mayapti. Etika, estetika, did, mo‘da degan narsalarni titkilab ko‘rdim sizlarning qarashlaringizga yetvolay saaal deb, lekin hech qayerda shunday kiyinishni san’at bilan uyg‘unligini topolmadim.
Bir paytlar shimning ustidan sho‘rtik kiyib katta sahnaga chiqishingizni-ku nima deb baholashni bilmadim. Yo buyam e’tiborni tortishning bir yo‘limi? O‘zbekkonsert, Madaniyat vazirligi, Ma’naviyat ahliyu shu chet eldan keladigan san’atkorlar, millatning qadriyati bilan hisoblashmaydiganlar bilan ozroq ma’naviyat darslarini o‘tsalaringiz bo‘lmaydimi, yo men adashdimmi???
Manba: Barno_Sultonova telegram kanali “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar