Foto: «Axbor.com»
Tojikistonning So‘g‘d viloyati Istaravshan shahrida yashovchi aholi Yulduz Usmonova konsertiga chipta xarid qilib, konsert kuni sahnada soxta xonandaga duch keldi. Bu haqda «Axbor.com» nashri xabar berdi deb Daryo yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, konsert tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Jamshid ismli shaxs biletlar sotuvidan qariyb 110 ming somoni (11,3 ming dollar) ishlab olgan.
Tashkilotchilar haqiqiy Yulduz Usmonova konserti uchun 350 somoni (36 dollar)ga 300 dan ortiq chipta sotgan. Xonandaning konserti 25 dekabr kuni Istaravshan shahridagi «Sadbarg» restoranida o‘tkazilishi belgilangan.
Konsert boshlangan vaqt sahnaga ko‘zoynak taqqan ayol chiqib qo‘shiq ayta boshlagan. Biroq muxlislar uning haqiqiy Yulduz Usmonova emasligini payqagan. Konsert vaqtida haqiqiy xonanda o‘zining Instagram’ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir qilganida ularning shubhasi yanada ortgan.
Aldangan muxlislardan biri Yulduz Usmonova ma’muri bilan bog‘lanib, konsert haqida so‘ragan. U Istaravshandagi konsertni rad etib, xonanda Toshkentda ekanini aytgan. Xonandaning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Zo‘r TV telekanali pavilonida 26 dekabrda yangi albomi taqdimotining suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tishi va unga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan.
Aldangan muxlislar bundan g‘azablangan, ammo ular bu borada huquq tartibot idoralariga murojaat qilganmi-yo‘qmi — xabarda aytilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin