Bugun buyuk shoir va mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tug‘ilgan kun. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Alisher Navoiy va XXI asr» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy o‘zining purhikmat asarlari, sermazmun hayot yo‘li, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan jahon adabiyoti, ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Navoiy ijodi asrlar osha bashariyatga ezgulik va kamolotdan saboq berib kelmoqda.
Alohida qayd etish joizki, Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish va o‘rgatish bugungi kunga kelib yangi bosqichga ko‘tarildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida navoiyshunoslik sohasida olib borilayotgan tizimli ishlar esa tom ma’noda millatimiz ma’naviyatiga e’tibor va ehtirom natijasidir.
Joriy yilda to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan konferensiyada jahonning o‘ndan ortiq davlatidan tashrif buyurgan navoiyshunos, tilshunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.
Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlari professorlari o‘z ma’ruzalarida Navoiyning buyuk merosi va dunyo adabiyotida tutgan o‘rni hamda bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy tarbiya ustuvorligi siyosatiga alohida baho berib o‘tdilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi