13:00 / 24 февраля 2020
1 393

Soxtasiga almashtirilgan «So‘zana» san’at asarini xorijdan qaytarish choralari ko‘rilmoqda

Soxtasiga almashtirilgan «So‘zana» san’at asarini xorijdan qaytarish choralari ko‘rilmoqda
Foto: Madaniyat vazirligi
O‘zbekiston davlat san’at muzeyidagi “So‘zana” XIX-XX asrlarga tegishli san’at asari hisoblanadi.
Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu eksponatning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha 2014 yil vazirlik tomonidan o‘tkazilgan inventarizatsiya jarayonida san’at asari asliga mos kelmasligi aniqlangan.

Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at muzeyining o‘sha davrdagi bosh muhofizi M.U. tomonidan asarning soxtasiga almashtirilganligi ma’lum bo‘lgan. So‘zananing asliga mos kelmaganligi to‘g‘risida 2014 yil 28 may kuni 4-sonli dalolatnoma tuzilgan.

Bu ishlar yuzasidan vakolatli davlat tashkilotlari qarori asosida hukm chiqarilgan, bosh muhofizga 9 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
Vazirlik ma’lumotida aytilishicha, hozirda restitutsiya (xorijdan qaytarish) choralari ko‘rilmoqda.

So‘zana san’at muzeyi soxta
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)