O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan murojaatga atab «Go‘zal hayot» nomli qo‘shiq aytgani xabar qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida «Go‘zal hayot» chellenji e’lon qilindi.
«Karantin davrida uyda qolib, o‘z iqtidoringizni namoyon etib, har bir kuningizni mazmunli o‘tkazing.
Chellenjda ishtirok etish uchun «Go‘zal hayot» nomli qo‘shiqni kuylang va facebook hamda instagram ijtimoiy tarmoqlariga #gozalhayot xeshtegi ostida joylashtiring. Chellenjda eng ko‘p tomoshabin yig‘a olgan ijrochi g‘olib deb topiladi.
G‘oliblar uchta tur bo‘yicha aniqlanadi:
1. 16 yoshgacha bo‘lgan eng yosh ijrochi;
2. 16 yoshdan katta eng yaxshi ayol ijrochi;
3. 16 yoshdan katta eng yaxshi erkak ijrochi.
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanishadi. Mukofotlar karantin tugagach Madaniyat vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi