
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. Ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video postlar joylashmoqda.
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova akasi Otabek Muhammadzohidning «Shoshilma qizgina, shoshilma» taronasini kuylab, unga video klip ham suratga olib sahifasiga joyladi.
«Million» jamoasi a’zosi Umidjon Haydarov uyda qo‘rqinchli hazil qilib onasini qo‘rqitdi.
Xonanda Ozoda Nursaidova singlisi Nilufar Nursaidova bilan yana bir qiziqarli video lavha tayyorlab, muxlislari bilan bo‘lishdi.
Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev uyda o‘tirib ijoddan to‘xtamaslikka harakat qilayotgani haqida yozib, jonli ijroda kuylangan video lavha joyladi.
Xonanda Feruza Karimova shifokorlar uchun qo‘shiq kuyladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva kecha Ozodbek Nazarbekov e’lon qilgan «Go‘zal hayot» chellenji uchun maxsus video lavha joyladi.
Xonanda Ziyoda Ravshan Namozovning qo‘shig‘ini jonli kuyladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov 1996 yildagi arxiv lavhani sahifasiga joylashtirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar