5 422
«O‘zbekkino» Milliy agentligi “Ilhaq” badiiy filmi bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi
Bugun davlat va nodavlat telekanallarda prezident tashabbusiga ko‘ra “O‘zbekkino” MA buyurtmasiga asosan suratga olingan “Ilhaq” badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Agentlikning yuridik xizmati boshlig‘i Bobir Muqadamovning ma’lum qilishicha, ayrim shaxslar tomonidan ushbu film telegram kanallari va Youtube resursida ham qo‘yilyapti.
“Bu holat esa ushbu film milliy kinomahsulot sifatida Kann, Berlin, Oskar va boshqa xalqaro kinofestivallarda chiqishini to‘xtatib qo‘yadi. Shu sababdan, “O‘zbekkino” MA barcha telegram kanallari adminlari va YouTube kanali egalaridan ushbu filmni o‘chirishlarini so‘raydi. Aks holda, ushbu resurslar egalari qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiramiz!
O‘zbek kinosining xalqaro darajada tan olinishiga o‘z hissangizni (shunchaki filmni o‘chirib) qo‘shasiz degan umiddamiz” – deydi B. Muqadamov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin