18:30 / 29.07.2020
8 080

«Qalpoq»dagi Alfiya — Barno Teshaboyeva tatar kampir obrazining yaratilish tarixini so‘zlab berdi

«Qalpoq»dagi Alfiya — Barno Teshaboyeva tatar kampir obrazining yaratilish tarixini so‘zlab berdi
Foto: YouTube
«Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvida tatar kampir Alfiya obrazini yaratgan aktrisa Barno Teshaboyeva MY5 telekanalining «Omon-omon» ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi hamda obrazning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi.

«O‘zim asli o‘zbekman. Mahallamizda tatar kampirlar bo‘lardi. Obrazni o‘sha kampirlarni kuzatgan holda yaratganman.
Biz ‘Qalpoq’ ijodkorlari bilan institutda bir vaqtda o‘qiganmiz. 1989 yilda Alfiya kampir institut sahnasiga chiqqan. O‘sha paytda meni ko‘rishgan hamda ‘Qalpoq’ guruhi ochilganidan so‘ng chaqirishgan. Keyin borib Alfiyani o‘ynab chiqqanman
», — deydi Barno Teshaboyeva.

Aktrisa yosh bo‘lsa-da, kampir rolini o‘ynashdan cho‘chimasligini ham aytib o‘tdi.

«Shu institutga kelgunimcha shunaqa rollarni o‘ynayman, deb kelganman. Hech qachon malika, sohibjamollarni o‘ynash istagi bo‘lmagan. Kuzatish darsi bo‘ladi san’at institutida. Men ham o‘shanda qo‘shnim esimga tushib qoldi, uni o‘ynab berdim. Shundan keyin bu obraz institutda mashhur bo‘lib ketdi. Hamma ‘Alfiya kampir, Alfiya kampir’ deb yurardi. Oxirgi paytda Barno ekanligim esimdan chiqib ketgan. Kimdir ‘Alfiya’ desa, meni chaqiryapti, deb qaraydigan bo‘lganman», — deydi aktrisa.

Barno Teshaboyevaning aytishicha, «Alfiya kampir»ga ikki marta sovchi kelgan. Qashqadaryolik bir otaxon Alfiyaga uylanish niyatida ko‘rsatuv tahririyatiga xat yozgan.

«Qiziqchi Iskandar Hamroqulov menga doimo aytardi: ‘Siz baxtlisiz, chunki siz nafaqat mashhur, balki sevimli hamsiz’ deb. Endi-endi ushbu so‘zlarning mag‘zini chaqyapman. Darhaqiqat, taniqlilar ko‘p, sevimlilar kam. Bilasizmi, meni ayniqsa, chollar yaxshi ko‘radi», — deydi Barno Teshaboyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Qalpoq»dagi Alfiya — Barno Teshaboyeva tatar kampir obrazining yaratilish tarixini so‘zlab berdi