
Foto: «Lookmytrips»
Avstraliyaning Viktoriya shtati poytaxti Melburnda g‘ayrioddiy haykal bor. G‘alatiligi shundaki, oyog‘i osmonda — shuning uchun ham dunyoga mashhur. Shunchalik mashhurki, u bir paytlar hali Viktoriyaning mustamlaka bo‘lgan kezlaridagi leytenant-gubernatori Charlz La Trob sharafiga o‘rnatilganini birovlar biladi, birovlar esa yo‘q.

Haykaltarosh Charlz Robb (nomlari uyqashligiga e’tibor bering!) yodgorlikni hamma qatori odatiy usulda emas, balki boshini yerda, oyog‘ini osmonda qilib o‘rnatdi. Robb bu bilan insoniyat qanchadan-qancha ahamiyatsiz haykallar-u yodgorliklar o‘rnatishga kirishib ketib, tarix uchun muhim ishlar qilgan odamlar bir chetda unutib yuborilayotganiga shama qilgan.
Qisqasi, Robb o‘z «falsafasi» bilan butun jamiyatning qadriyatlari ustidan ochiqdan-ochiq kulgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar