Foto: «Gazeta.ru»
Aktyor Arnold Shvarsenegger karerasi davomida ilk bor serialda bosh qahramon rolini ijro qiladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, syujeti noma’lum bo‘lgan serialda «temir Arni» xalqaro josus rolini ijro qilibgina qolmay, loyiha prodyuseri sifatida ham faoliyat olib boradi. Aktyor va prodyuser Nik Santoro o‘rtasidagi shartnoma 2020 yilning yozida imzolangan.
Loyiha bilan Arnold rol ijro qilgan «Terminator: Genezis» va «Terminator: Qora taqdirlar» filmlarini suratga olgan Skydance Television studiyasi shug‘ullangan. Qayd qilinishicha, mazkur loyiha huquqi Netflix striming servisi orqali sotib olingan.
Serialda Arnoldning qizi rolini «O‘lim qiroli» filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Monika Barbaro gavdalantiradi. U avvalroq «Top Gan: Meverik» filmida Tom Kruz bilan birga bosh qahramon rolini ijro qilgan. Film taqdimoti pandemiya sabab 2021 yilga qoldirilgan. Aktrisa bunga qadar «Stamptaun», «Yaxshi politsiyachi», «Noreal bo‘ydoq» singari seriallarda suratga tushgan.
Devid Ellison, Dani Goldberg va Bill Bostdan tashqari, Arnold ham mazkur serialning prodyuseri hisoblanadi. Serialning qachon taqdim qilinishi hozircha noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi