4 915
«Menga kelishilgan summani to‘liq bermagansiz». Habibullo Nabiyev Jahongir Otajonovning aybloviga javob qaytardi
Xonanda Jahongir Otajonov «O‘ynasin» qo‘shig‘iga klip ishlagan Habibullo Nabiyevni ko‘chirmakashlikda ayblab, ushbu klipni YouTube’dan o‘chirib tashlagani haqida xabar bergan edik.
Klipmeyker Habibullo Nabiyev klipning ayrim sahnalari ukrainalik xonanda Maks Barskixning «Sohillar» («Berega») klipidan olingani bo‘yicha Jahongir Otajonovning ayblovlarini izohlar ekan, ushbu klipdan ilhomlanganini yashirmadi.
«To‘g‘ri, men olganman. Referens degan narsa bor, analoglari bor, ya’ni shu g‘oyanining referenslari asosida tushuntirib beriladi kostyumer va dekoratorlarga nima xohlayotganini. Sizlar aytayotgan Maks Barskixning klipi bilan birga-bir kadr yo‘q klipda», — deydi klipmeyker.
Habibullo Nabiyev, shuningdek, Snoop Dogg va Jey Lo kabi jahon yulduzlarining kliplaridan hamda Joker ishtirokidagi filmlardan ham ilhomlanganini aytib, videolar ko‘rsatgan.
«Tezak yeb yur, degan gaplaringizni o‘zingizga o‘xshaganlarga aytasiz, aka. Sababi siz menga berishingiz kerak bo‘lgan pulni to‘liq bermagansiz. Pulingni halollab ol, noningni halollab ye, debsiz, aka, mening hamma kliyentim biladi pulimni, nonimni qanaqa yeyishimni. Siz oldin qolib ketgan pulimni bering-da, keyin bunaqa gaplarni gapiring. Jennifer Lopez, Snoop Dogg, Drake, Maks Barskix — bular hammasi bitta stilistikada. Men ulardan ilhomlanganman», — deydi Habibullo Nabiyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi