
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Madaniyat vazirligida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovni «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
MDH davlatlaridagi fan, san’at, madaniyat sohalarida ulkan natijalarga erishgan insonlarga beriladigan ushbu nufuzli mukofotning taqdirlash marosimi pandemiya sababli onlayn shaklda o‘tkazildi. Marosimda MDH mamlakatlaridan mukofotlangan nomzodlar ishtirok etdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofoti 2009 yilda MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashi va MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo fondi tomonidan ta’sis etilgan. Ushbu mukofot xalqaro darajada yutuqlarga erishgan, amalga oshirgan ishlari jahon mamlakatlarining rivojiga hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar