Veolia Energy kuzda nega issiq suv 5 kunga o‘chirilishini tushuntirdi

1 daqiqa o'qish115
Veolia Energy kuzda nega issiq suv 5 kunga o‘chirilishini tushuntirdi

Toshkentda kuz faslida issiq suvning har yili bir necha kunga o‘chirilishiga sabablar Veolia Energy tomonidan tushuntirildi. Kompaniyaga ko‘ra, asosiy omil issiqlik tarmoqlarining eskirgani bilan bog‘liq.

Shaharning yer ostidagi issiqlik kommunikatsiyalarining katta qismi o‘nlab yillar avval qurilgan. Shu sababli ularni bosqichma-bosqich yangilash talab etiladi. Barcha quvurlarni bir mavsumda almashtirishning imkoni yo‘q. Shuning uchun hozirgi asosiy vazifa tizimni ishchi holatda saqlash va qish mavsumida avariyalarning oldini olishdan iborat.

Issiq suv besh kunga o‘chirilgan davrda mutaxassislar quvurlarni yuqori bosim ostida tekshiradi, qozonxonalarga texnik xizmat ko‘rsatadi va issiqlik uzatish tizimini sozlaydi.

Quvurlarning mustahkamligini tekshirish orqali mavjud nosozliklarni qishda, havo harorati minus 10 darajaga tushgan paytda emas, oldindan aniqlash va bartaraf etish mumkin.

Shuningdek, qozonlar va nasoslarni tozalash hamda ayrim detallarni almashtirish uchun uskunalarni to‘liq to‘xtatish talab etiladi. Issiqlik ta’minotini sozlash esa qishda issiq suv va isitish tizimi yuqori qavatlarga ham uzilishlarsiz yetib borishini ta’minlash uchun amalga oshiriladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, besh kunlik muddat minimal hisoblanadi. Bu vaqt ichida uskunalar to‘xtatiladi, bir necha kilometrlik tarmoqlardagi suv chiqarib yuboriladi, ta’mirlash ishlari bajariladi, tizim qayta suvga to‘ldiriladi va ishchi holatga keltiriladi.

Veolia Energy issiqlik tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi. Maqsad qishda xonadonlarda kommunal avariyalar yuzaga kelishining oldini olish.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?