6 199
«Fazilatxonim va qizlari» serialidagi Yag‘iz va Xazan yangi serialda juftlik rolini ijro qiladi
Foto: Turk Cinema
Turk aktyori Chag‘lar Ertug‘rul «Fazilatxonim va qizlari» serialida birga suratga tushgan Deniz Baysal bilan yangi loyihada ishtirok etadi. Bu haqda «Kinoteka.com» xabar beradi.
Sevishganlar rolini ijro qilgan ushbu juftlik Tims&B telekompaniyasi tomonidan TRT1 davlat kanali uchun suratga olinadigan serialda rol ijro qiladi. «Razvedka» deb ataluvchi serialda, shuningdek, Ezgi Eyubo‘g‘lu, Tunjer Salman, Ezgi Shenler ham ishtirok etadi.
Syujeti sir tutilayotgan serialning drama janrida bo‘lishi hamda turk maxsus xizmat xodimlarining faoliyatiga bag‘ishlanishi ma’lum. Aktyorlar 8 dekabr kuni suratga olish ishlari boshlangan serial suratlarini ijtimoiy tarmoqda bo‘lishishni boshlab yuborgan.
Jurnalist Birsen Altuntashning ma’lum qilishicha, syujetga ko‘ra Chag‘lar avvaliga Ezgi gavdalantirgan qahramon bilan munosabatda bo‘ladi, keyinchalik Deniz Baysal ijrosidagi qizga ko‘ngil qo‘yadi. Yulduzli juftlik ishtirokidagi serial 2021 yilning boshidan efirga uzatiladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi