Tomoshabinlar uchun haligacha sevimli bo‘lgan “Shum bola” badiiy filmida Omon rolini ijro etgan Saidkarim Saidoripov 57 yoshida vafot etdi. Bu xabarni marhumning yaqinlari tasdiqladi.
“2020 yilning 13 dekabr kuni tongda hayotdan ko‘z yumdi. Qandli diabeti bor edi, ba’zan yurak xastaligi ham bezovta qilib turardi. Ammo hech qachon salomatligi og‘ir ahvolga tushmagandi”, — dedi Saidkarim Saidoripovning kelini.
Ma’lumot uchun, Saidkarim Saidoripov 1975 yili “Shum bola” filmi uchun e’lon qilingan kastingda ishtirok etib, avvaliga bosh rolga tasdiqlanadi. Keyinroq esa Qoravoy roli Abdurayim Abduvahobovga nasib etadi. 12 yoshida kinorejissiyor Damir Salimovning “Shum bola”sida Omon rolini o‘ynagach, 15 yoshida rejissor Shuhrat Abbosovning “Olovli yo‘llar” filmida ham qatnashgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi