3 437
«Missiya og‘irlashmoqda»: suratga olish maydonchasida Tom Kruz alamini hamkasblaridan oldi
Filmdan lavha
«Uddalab bo‘lmas vazifa» kinoseriyasining bosh qahramoni va prodyuseri Tom Kruz suratga olish maydonida bir-birlariga juda yaqin turgan odamlarni ko‘rib, o‘zini bosib tura olmadi. Koronavirusga qarshi choralarga amal qilish qanchalik muhimligini hamkasblariga tushuntirish uchun Kruz baqirishgacha bordi.
Tom Kruz tushuntirishicha, aynan shunday nojo‘ya xatti-harakatlar ishlab chiqarishning batamom to‘xtab qolishiga va kinosanoatdagi inqirozga olib keladi.
«Biz — oltin standartmiz. Studiyalar Gollivudga qaytdi, hozir bizga qarab filmlar olishyapti. Kechalari har bir ... kinostudiya, sug‘urta kompaniyalari, prodyuserlar bilan telefonlashaman, ular bizga qarab ish tutishmoqda, filmlarini olishda bizdan foydalanishyapti. Minglab ish o‘rinlari yaratyapmiz, yaramaslar», — Tom Kruzdan iqtibos keltirmoqda «The Sun».
Ishlab chiqarishdagi har qanday to‘xtalish qo‘shimcha xarajat degani. Tom Kruz «Missiya»ning bosh aktyori bo‘lishidan tashqari, prodyuseri ham, turgan gapki, pullari behudaga shamolga sovurilishini istamaydi.
Suratga olish guruhi a’zolari o‘zlarini oqlashga urinishlari esa Kruzning battar jahlini chiqardi:
«Kechirim so‘rash bilan ish bitmaydi. Oldin ham aytganman, endi esa talab qilaman: qoidalarni bajara olmasangiz, marhamat, to‘rt tomoningiz qibla. Biz filmni olishni to‘xtatmaymiz! Tushuntirib beroldimmi? Yana qoidabuzarlik qilganingizni ko‘rsam, bo‘shsiz, katta ko‘cha!».
Tom Kruzni tushunsa bo‘ladi. «Uddalab bo‘lmas vazifa-7» — ulkan xalqaro loyiha, «Paramount» hamda «Skydance» kinostudiyalari katta pul tikishgan. 2020 yil boshida boshlangan suratga olish ishlari pandemiya tufayli to‘xtab qoldi. Keyin surat olishga ruxsat berildi, faqat barcha xavfsizlik choralariga rioya qilish sharti bilan. Italiyada oktabr oyida koronavirus qayta kuchaya boshlaganidan so‘ng suratga olish ishlari yana to‘xtab qoldi. Faqatgina dekabr oyi boshlariga kelib Buyuk Britaniyada filmni suratga olish ishlarini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.
«Uddalab bo‘lmas vazifa-7» premerasi 2021 yilning 19 noyabriga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi