Foto: «AuotoGear.ru»
«2506Yapim va Intermediya» kompaniyasi Exxen internet platformasi uchun «Yavuz» nomli yangi tarixiy loyihani tayyorlamoqda. Bu haqda «KinoTeka» xabar berdi.
Xo‘sh, yangi loyiha haqida nimalarni ma’lum qilish mumkin? Serial tarixiy drama janrida bo‘lib, bosh rollarni Jengiz Joshkun va Xazal Filiz Kuchukkese ijro etadi.
Jengiz Joshkun
Foto: «KinoTeka»
Xazal Filiz Kuchukkese
Foto: Pinterest
Shuningdek, yangi loyiha uch fasldan iborat bo‘lib, ularning har biri 7—9 qismdan iborat. Kartina uchun «Muhtasham yuz yil» seriali suratga olingan maydoncha qayta tiklanadi va undan foydalaniladi. Serial ssenariysi yozuvchi Okay Tiryakio‘g‘luning shu nomli romani asosida yaratilgan. Eng asosiysi, «Yavuz» serialining aktyorlari tarkibida mahoratli aktrisa Aydan Shener ham bor.
Foto: «KinoTeka»
Eslatib o‘tamiz, turk kinematografiyasining eng taniqli va sevimli aktrisalaridan biri Aydan Shener ilk bor 1986 yilda ekranlarda namoyish etilgan «Choliqushi» serialida bosh qahramon — Feride rolini ijro etgan. Aynan shu roli bilan o‘zbek teletomoshabinlariga ham tanish. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi