
Foto: Instagram / @munisarizaeva
Dubayda hordiq chiqarayotgan xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi jonli efirda muxlislarining qachon turmushga chiqishi haqidagi savollariga javob berdi.
«To‘y boshlavordik, turmushga chiqyapman. Xudo xohlasa, yanvar yoki fevralda to‘yim bo‘ladi. Oshga kelasizlar. Muxlislarim uchun alohida to‘y qilaman», — deydi xonanda.
Munisa Rizayeva bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i o‘zidan kichik ekanligini ta’kidladi.
«Oddiy, yaxshi inson. Meni yaxshi ko‘radigan. Mendan kichkinalar. Men uchun hamma narsaga tayyorlar. Eng asosiysi, menga ijod qilishga, qo‘shiq aytishga ruxsat beradilar. Ular san’at sohasidan emas», — deydi xonanda.
Munisa RizayevaTurmushga ChiqishJonli EfirMuxlislar SavoliTo'y RejalariXonanda Hayoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing