Madaniyat va san’at sohasidagi 170 dan ortiq davlat ob’ekti faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi, deya xabar qilmoqda Adliya vazirligi.
Qayd etilishicha, «Madaniyat va san’at sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki ob’ektlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan 172 ta davlat mulki ob’ektining ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga asosan, madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari va boshqalarni o‘z ichiga olgan ob’ektlar o‘z faoliyat turlarini saqlab qolish sharti bilan o‘tkaziladi.
Tashabbuskorlarga madaniyat va san’at sohasiga yaqin bo‘lgan:
- xizmat ko‘rsatish;
- kichik ishlab chiqarish;
- savdo faoliyati turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Madaniyat vazirligi va «O‘zbekkino» Milliy agentligi bilan kelishmasdan ularning tizimidagi kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, teatrlar, bolalar musiqa va san’at maktablarining ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish va yer maydonlarini mahalliy hokimliklar zaxirasiga olishga ruxsat berilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"