2 127
Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi
Foto: Madaniyat vazirligi
O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqqan. Ushbu loyiha Madaniyat vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Madaniyat vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan.
«Bolalarni maqom kuylari bilan muntazam bahramand etish rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan me’yor asosida maqom kuylari qo‘yib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi