Foto: YouTube
Aktrisa Feruza Normatova «Million» jamoasidan ketishga majbur bo‘lgani, jamoa bilan tuzilgan shartnoma shartlari haqida gapirib berdi.
Aktrisa bu haqda YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
- «Million» jamoasi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan edik, to‘g‘rirog‘i 5 yil emas, 5 ta konsertga shartnoma tuzilgandi. Men bu konsertlardan 3 tasida qatnashdim, yana 2 ta konsert qolgan edi, uyoqda faoliyatimni to‘xtatishga majbur bo‘ldim.
Jamoadan ketishimga har xil sabablar bor, aynan bitta yaxlit sabab yo‘q. Men «Mendirman Jaloliddin» seriali s’yomkasi uchun Turkiyaga ketdim, mart oyida karantin bo‘lib qoldi, qaytolmadim, repetitsiyaga qatnasholmadim, boshqa qizlar bilan repetitsiyalar davom etdi. Men noyabrda keldim, konsert dekabrda edi, ulgurishim mumkin edi, lekin serialni davomiga ham ketishimiz kerak edi. Vaqt masalasi va serial s’yomkalaridan bo‘sholmay qolib, tushunmovchilik bo‘lmasligi uchun ketishga qaror qildim va ular bilan kelishib oldim.
Ketishimda moliyaviy jihatdan muammo bo‘lmadi, agar men konsertda chiqib, gonorarimni berishmagan bo‘lsa, aytishim mumkin edi, lekin menda bunday muammo yuzaga kelmagan.
Men «Million»da chiqishni boshlaganimdan keyin, ijodimda «Million»ga ko‘proq urg‘u qaratilib boshlandi, men aktrisaman, u yerda ham aktrisa edim, lekin u yerda faqat bitta janr — komediya, lekin mening dramatik tomonlarim ham bor, men baribir bu yo‘lda ham ijod qilishim kerak. Aktrisalik jihatlarimni kuchaytirishim, o‘z ustimda ishlashim kerak. Shu sababdan «Mendirman Jaloliddin»ni tanladim.
Davron aka mening serial kastingidan o‘tganimni eshitib juda xursand bo‘lgandilar, javobi chiqmasdan oldin ham xabardor bo‘lib so‘rab turdilar. Butun jamoamiz xushxabarni eshitib xursand bo‘lishdi. «Iye, endi konsert nima bo‘ladi?» ham deyishdi. Lekin men uchun «Mendirman Jaloliddin» tarixiy seriali yaxshi loyiha ekanligini ta’kidlab, qo‘llab-quvvatlashgan, - dedi Feruza Normatova.
Ma’lumot uchun, aktrisa Feruza Normatova «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialida O‘tror hokimi Inolchixonning qizi rolini ijro etgan. «Mendirman Jaloliddin» seriali 14 fevraldan «Milliy» telekanalida namoyish etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi