Nafaqat turk, balki butun dunyo muxlislarining mehriga sazovor bo‘lgan go‘zal turk aktrisalarining muvaffaqiyatga erishishida onalarining ko‘magi katta. Quyida ba’zi turk aktrisalarining onalari bilan birga tushgan fotolarini tomosha qilishingiz mumkin.
Alize Gordum va Vahide Perchin
Foto: Turk Cinema
Vahida Perchin «Ona» filmidan tashqari «Muhtasham yuz yil» serialida ham qizi bilan birga suratga tushib ulgurgan. Alize hali karera borasida yetarlicha mashhurlikka erishmagan, onasi esa tajriba va muvaffaqiyat borasida unga namuna bo‘la oladi.
Neslihan Atagul va Perihan Chitlak
Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisa belarus millatiga mansub onasiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. Ularning suratiga nazar tashlab, o‘ziga xos latofat va go‘zal husn Neslihanga onasidan o‘tgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Fahriye va Hatime Evjen
[media=https://www.instagram.com/p/BUFG1eMFrON/?utm_source=ig_embed]
Fahriye onasining yoshligiga juda ham o‘xshaydi, ammo u onasining yoshligidan ko‘ra hozirgi davrini Instagram sahifasiga muhrlashni afzal biladi. Onasini qattiq hurmat qiladigan aktrisa uning suratini foydalanuvchilari bilan bo‘lishishni kanda qilmaydi.
Demet O‘zdemir va Ayshen Shener
Foto: «Yandeks Dzen»
«Tong qushi» seriali yulduzi muxlislaridan oila a’zolarini yashirmaydi va Instagram sahifasida u bilan tushgan suratlarni joylab turadi. Boshqalardan farqli ravishda Demet va onasining tashqi ko‘rinishida umumiyliklarni topish qiyin.
Tuba va Xandan Buyukustun
Foto: «Yandeks Dzen»
Xandan qizidagi san’atga bo‘lgan qiziqish va iste’dodni juda ham erta payqagan. Maktab yillarida Tuba raqs va rasm chizish to‘garagiga qatnagan. Uning Turkiyaning eng mashhur aktrisalaridan biri bo‘lishida onasining hissasi katta. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi