G‘aybulla Tursunov Humo Arena'dagi konsertidan so‘ng taassurotlari bilan bo‘lishdi (video)

1 daqiqa o'qish0
G‘aybulla Tursunov Humo Arena'dagi konsertidan so‘ng taassurotlari bilan bo‘lishdi (video)

Xonanda G‘aybulla Tursunov kecha, 20 noyabr kuni Humo Arena'da bo‘lib o‘tgan konsertidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. San’atkor bu uning faoliyatidagi eng hayajonli chiqishlardan biri bo‘lganini, hatto dastlabki qo‘shig‘ini kuylash paytida so‘zlarini ham unutib qo‘yganini aytdi.

Ijrochi intervyusida konsert avvalida juda qattiq hayajonlanganini yashirmadi.

«Boshida hayajonlandim. Birinchi qo‘shig‘imning so‘zlari monitoringda chiqmay qoldi. Keyin esimdan ham chiqib ketdi. Lekin amallab o‘tib ketdim. Menimcha, hech kim sezmadi. O‘zim esa mazza qildim», — dedi xonanda.

G‘aybulla Tursunovning ta’kidlashicha, u avval ham sahnalarda, jumladan, Durjbada konsert bergan. Biroq Humo Arena'da bunchalik ko‘p tomoshabin qarshisida chiqish uning uchun mutlaqo boshqacha taassurot qoldirgan.

San’atkor tomoshabinlar kayfiyatini ko‘tarish, qo‘shiqlarni imkon qadar yaxshi ijro etish va muxlislar uning konserti uchun ajratgan vaqtni mazmunli o‘tkazishga harakat qilganini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ham konsertga tashrif buyurgan ko‘plab muxlislar taassurotlari bilan bo‘lishmoqda. Ular chiqish yuqori saviyada o‘tganini, konsertdan katta zavq olganini yozishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?