18:30 / 01.04.2021
2 674

Sir tutilgan muhabbat: Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi (foto)

Sir tutilgan muhabbat: Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Muhabbat – inson bilan hamnafas bo‘luvchi eng ajoyib tuyg‘u. U ilhomlantiradi va bir qancha mo‘’jizalar yaratishga qodir. Bollivudning yorqin yulduzi Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi – ularning birinchi uchrashuvidan to to‘ylariga qadar qanday voqealar ro‘y bergani, albatta, muxlislar uchun qiziq bo‘lsa kerak.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Ram va Lila» filmining suratga olish jarayonidagi ilk uchrashuv
Xushbichim, baland bo‘yli va o‘ta iste’dodli Ranvir Singx birinchi bo‘lib, «Ram va Lila» sahnasida dilbar va go‘zal Dipika Padukone bilan uchrashgan. Ularning orasidan qandaydir uchqun uchib o‘tganini, yulduzlarning bir-biriga boshqacha munosabatda bo‘lganini sezmaslikning iloji yo‘q edi. Biroq bo‘lajak juftlik o‘z his-tuyg‘ularini sir saqlashni afzal ko‘rdi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Muhabbat ostonasida turgan juftliklar to‘g‘risida birinchi bo‘lib jurnalistlar orasida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, ushbu voqeani hamkorlikdagi film chiqarilishidan oldingi piar bilan bog‘lash ham mumkin edi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ammo mahoratli aktrisa Ranvir bilan orasidagi munosabatlar to‘g‘risida qat’iyat bilan sukut saqladi. Ranvir Dipikaga shunchalar oshiq bo‘lgan ediki, buni ommadan yashirish juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ham aktyor sevgisini birinchi bo‘lib tan olgan. Ranvir sevgilisining ismini tilga olmasdan shunchalar ishtiyoq bilan gapirganki, dildan chiqqan so‘zlar ortida qizning ismi aniq ko‘rinib turgan edi.

Foto: «Yandeks Dzen»
2014 yil Zee Cine Awards’da Ranvir va Dipika birinchi marta «Ram va Lila» filmidagi «Nagada Sang Dhol» taronasi bilan chiqish qilgan. Ushbu chiqish darhol jamoatchilikning e’tiborini tortgan va Bollivuddagi asosiy yangilik mavzusiga aylangan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ushbu vaziyatdan Ranvir va Dipika tabassum bilan chiqib ketdi, xolos. 2014 yilning kuzida «Baji Rao va Mastani‘ tarixiy dramasini suratga olish ishlari boshlandi, u yerda juftlik asosiy rollarni ijro etdi. Bu esa tomoshabinlarning qiziqishini yanada oshirdi.

Foto: «Yandeks Dzen»
2014 yilning dekabr oyida Ranvir Instagram’da Dipika bilan birgalikda tushgan suratini joylashtirdi va shunday izoh qoldirdi: «Biz birgalikda ajoyib ko‘rinmayapmizmi?»

O‘shandan so‘ng ularning juftlik ekanligiga hech kim shubha qilmagan. Dipika esa xijolatdan Ranvirning sevgisini inkor etishda davom etaverdi.

IIFA – bu Bollivud filmining ajoyib tadbiri bo‘lib, unda butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar ishtirok etadi. 2015 yil Ranvir bu onni abadiy eslab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
U Dipika oldida tiz cho‘kib, «Ram va Lila»dagi qo‘shiqdan kuylab, uning qo‘lini so‘radi. Shundan so‘ng ular o‘zaro munosabatni yashirishdan to‘xtadi va birgalikda ko‘p joylarda ko‘rinish bera boshladi. Bu ularning his-tuyg‘ulari va munosabatlari jiddiy ekanligidan darak edi.

2017 yilda juftlik «Padmavati» deb nomlangan yana bir filmda suratga tushdi, bu Hindiston bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu esa ularning munosabatlarini yanada mustahkamladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
2018 yilning 21 oktabrida ular o‘sha yilning 14—15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan nikoh to‘yi haqida xalqqa e’lon qildi. Juftlik ikkita ajoyib va juda chiroyli to‘y marosimini tashkil qildi. Chunki Dipika janubiy Hindistondan va Ranvir esa panjoblik edi. Barcha to‘y marosimlari Italiyaning Komo ko‘lida, muhtasham Villa-del-Balbyanello kurortida bo‘lib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sir tutilgan muhabbat: Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi (foto)