Qiziqchi Ortiq Sultonov lavozimga tayinlandi

Qiziqchi Ortiq Sultonov lavozimga tayinlandi
San’atkor Ortiq Sultonov Samarqand shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi vakili Abdujabbor Po‘latov xabar berdi.

Urgutlik kulgi va so‘z ustasi 1992 yilda Toshkent davlat san’at institutining teatr va kino yo‘nalishini tamomlagan.
O.Sultonov san’atshunoslik fanlari nomzodi. U dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan.

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanali, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanali rejissyori bo‘lib ishlagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar