4 774
«Ummon» guruhining sobiq vakillari hozir qanday ishlar bilan shug‘ullanishmoqda? (video)
Foto: «Daryo»
«Ummon» guruhining sobiq a’zosi Shohrux Isamuhammedov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Shohrux Isamuhammedov suhbat davomida «Ummon» guruhi yigitlari bugungi kunda qanday ishlar bilan shug‘ullanayotgani haqida gapirib berdi.
- "Hozirgi kunda sherigimiz bilan birgalikda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanyapman. Plastmassa idishlar, bolalar o‘yinchoqlari, tog‘oralar, xullas, shunga o‘xshagan ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqaryapmiz. Bu ish boshlanganiga yarim yilcha bo‘lib qoldi.
Bundan tashqari, uy oldi-sotdisi, ofis sotib olib, ta’mirlab, keyin uni ijaraga berish xizmatimiz ham bor. Bu ish bilan anchadan buyon mashg‘ulman, ammo bu haqida hech qayerda gapirmas edim.
Guruhimiz yigitlari bilan birgalikda ham shu ishlar bilan shug‘ullansak bo‘lardi. O‘n yil birga bo‘lganmiz, pul katta tushgani bilan u pullar uchga bo‘linganida juda katta miqdor bo‘lmasdi. Biznesga ham kattaroq pul kerak edi. «Ummon» brendi bilan suv ishlab chiqarishni ham o‘ylaganman. Lekin bu ham g‘oyaligicha qolib ketgan.
Jasurning PlayStation’i borligini bilaman, bundan tashqari ham boshqa ishlari bor. Ochig‘i bir-birimizning tirikchilik ishlarimizga ko‘p ham aralashavermaymiz. Instagram tarmog‘idagi sahifasini ham qori bolaga sovg‘a qilib yuborgan.
Zohid ijod bilan band. Shou-biznesdagi faoliyatini davom ettirmoqda.
«Ummon» guruhi nomiga hozirgacha o‘zimiz egamiz. «Bir marta shu nomni bizga bering, guruh nomi bilan ijod qilmoqchimiz», deb kelishgan edi. «Yo‘q, qanaqasiga, berolmaymiz», deganman", - dedi tadbirkor, «Ummon» guruhining sobiq a’zosi Shohrux Isamuhammedov.
Ma’lumot uchun, «Ummon» guruhi Zohid Rixsiyev, Jasur Rafiqov va Shohrux Isamuhammedov tomonidan 2007 yilda tashkil qilingan bo‘lib, guruh to‘liq tarkibda 2018 yilgacha ijod qilgan. «Ummon» guruhining yakkaxoni sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux Isamuhammedov 2020 yilda shou-biznesni tark etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?