16:05 / 28.09.2021
2 685

Mitxun Chakraborti: Yangi O‘zbekistondagi bugungi o‘zgarishlardan hayratdaman

Mitxun Chakraborti: Yangi O‘zbekistondagi bugungi o‘zgarishlardan hayratdaman
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurdi. Kuni kecha aktyor jurnalistlar bilan uchrashib, Yangi O‘zbekiston va o‘zbek kinosi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Sizni O‘zbekistonda ko‘rganimizdan xursandmiz, oldin ham bu yerda bo‘lgansiz. Endilikda qanday o‘zgarishlarni sezdingiz? Nimalar sizni hayratlantirdi?
— Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu yerda bo‘lgandik. Bugun Toshkentga kelib, hayratimni berkita olmadim. Aeroportni o‘zidayoq ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib, xuddiki o‘zimni Yevropani qaysidir shahriga kelib qolganimni his qildim.

Mitxun Chakraborti i Firdavs Abduxalikov
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida azaldan yaqin do‘stona aloqalar bo‘lgan va bugun ham bu aloqalar nafaqat kino va seriallarda, balki barcha sohalarda ham davom etib kelyapti. Aytishim mumkinki, Toshkentga kelib, O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga chiqib, yanada rivojlanib, chiroy ochganiga guvoh bo‘ldim.

— Yangi O‘zbekistonni uch so‘z bilan tasvirlab bera olasizmi?
— Hayratlanarli, chiroyli, mehmondo‘st.

— O‘zbek filmlarini Markaziy Osiyodagi roli haqida nima deya olasiz?
— Texnik tomondan yangi bosqichga ko‘tarilish zarur. O‘zbek kinoindustriyasi xorijiy hamkorlikni yanada kuchaytirishi kerak. Men o‘zbek filmlarini dunyoga chiqishini xohlayman.

— O‘zbekistondagi sevimli shahringiz?
— O‘zbekistonning ko‘p joylarida bo‘ldim, ammo Toshkent men uchun hammasidan ham sevimli.

— Sizningcha, Toshkent xalqaro kinofestivali orqali Yangi O‘zbekistonning dunyoga qanday imkoniyatlari namoyon bo‘ladi?
— Ayni vaqtda Toshkent xalqaro kinofestivalining O‘zbekistonda o‘tkazilishi juda ham muhim voqea deb ayta olaman. Ko‘plab yulduzlar dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyuradi. Bu kabi tadbirlar davlat obro‘sini yuksaltiradi. Bu yerda bo‘lgan har bir yulduz o‘z xotiralari, taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi. Yulduzlarning fikri, albatta, ko‘p odamlarni e’tiborsiz qoldirmaydi.

— Hayotda siz uchun nima muhim? Nimani yo‘qotishdan qo‘rqasiz?
— Men kino aktyorman, shu bilan birga to‘rt farzandning otasiman. Oila boshiman. Men doimo sevimli inson bo‘lishni, kerak bo‘lishni xohlayman va shu mehrni doimo berishga harakat qilaman.

Oilam men uchun eng muhimi, uni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Kino hayotimning bir qismi. Uchrashuvlarda seni olomon o‘rab oladi, dastxat so‘raydi, yaxshi ko‘rishlarini aytadi. Bu ham Yaratgan in’om etgan baxt. Ammo oilam sevgisi men uchun eng qadrli.

Kinemotografiya agentligi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mitxun Chakraborti: Yangi O‘zbekistondagi bugungi o‘zgarishlardan hayratdaman