Nepalda ulkan ko‘chki tog‘ning bir qismini daryoga ag‘darib yubordi (video)

Nepalda kuchli ko‘chki va suv toshqinlari og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ldi. Tabiiy ofat tufayli 20 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Tog‘li hududlarda joylashgan o‘nlab qishloqlar vayron bo‘lgan. Ular orasida alpinistlar uchun bazaviy lager sifatida foydalanib kelingan hududlar ham bor.
Falokat sodir bo‘lgan joylardan 2 mingdan ziyod aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Ko‘chkining ko‘lami esa tabiiy ofatning qanchalik jiddiy bo‘lganini ko‘rsatdi — ulkan tog‘ jinslari Marsyangdi daryosiga ag‘darilgan.
Hodisa 26 avgust kuni Nepal va Tibet chegarasi yaqinida sodir bo‘lgan. Bu voqea mintaqada kuchli suv toshqinlari va muzliklar ko‘chishi kuzatilganidan bir oy o‘tib ro‘y bergan. Avvalgi ofatlarda ham 1,4 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.































Izohlar 0
…